Ava Klark ismli yosh model o‘zining g‘aroyib tashqi ko‘rinishi bilan butun moda olamiga mashhur bo‘lib ketdi. 8 yoshli afroamerikalik qizcha albinizm xastaligiga chalingan. Bu kasallik organizmda teri va soch rangi, ko‘z rangdor pardasining tusi uchun javob beradigan melanin pigmentining bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi.
Ava Klark bir qancha yirik modalar agentliklarining diqqatini o‘ziga tortdi. Bular orasida Vogue, BOOM va Denim bor, deb xabar beradi Big Picture.
Avaning hayoti bir tekis kechmagan. Ikki oyligida shifokorlar qizcha genetik sabablarga ko‘ra so‘qir bo‘lib qolishini aytgan edi.
Ammo bu taxminlar o‘zini oqlamadi. Ava oddiy maktabga boradi va ko‘zoynak taqib yuradi.
Ava onasi bilan.
Ava Vogue’da.
Birinchi professional fotosessiya. Ava 3 yoshda.
Ava akasi bilan.
Hozir Ava, yosh bo‘lishiga qaramay, juda omadli model hisoblanadi.
Moda biznesi bilan band bo‘lmaganida qizcha gimnastika, balet va mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Izoh (0)