“Jamoat iste’mol tashabbusi” tashkiloti o‘zi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra Rossiyaning eng ko‘p nohaqlikka yo‘l qo‘yadigan mobil aloqa operatorlarini aniqladi. Asosan operatorlar tarkibiga cheksiz internet kirishini uqtirib kelgan tarif rejalari tahlildan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Tahlilchilarning uqtirishicha, cheksiz interneti borligi aytilgan tariflarning ko‘pchiligida aslida cheklovlar bo‘lib, ular yo oshkor etilmaydi, yo mayda shriftda pastda keltiriladi.
Xususan, “MTS”ning “Smart Bezlimitichshe” telereklamasida faqat birinchi oy to‘lovlari aytib o‘tiladi. Aslida esa abonent keyingi 30 sutka uchun avans kiritadi, bunda modem yoki fayl almashish tarmoqlari qo‘llanganida tarifning amal qilishi cheklanadi. Bu axborot ekranda bor-yo‘g‘i bir necha soniya ko‘rsatiladi, uni hech kim o‘qishga ulgurmaydi.
“Bilayn”da ham cheksiz internet aslida cheklovlarga ega. Xususan, mintaqalar, uskunalarga ko‘ra, uskuna orqali boshqa gadjetlarga internet tarqatishda cheklovlar bor. Reklama materiallarida bu ma’lumot juda mayda shriftda keltiriladi.
“Megafon” ham axborot yashiradi. Masalan, “MegaBezlimit” paketida operator torrent resurslariga kirish hamda ayrim uskunalardan internetga kirishni cheklaydi.
Qoidabuzarliklar faqat Tele2, Yota operatorlarining limitsiz paketlarida qayd qilinmadi. “Insofsizlik” reytingidagi o‘rinlar quyidagchi taqsimlandi.