Andijon viloyatidagi harbiy shaharchalardan birida harbiy xizmatchilar uchun qurilgan yangi uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Adolat qurilish servis” MChJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan 16 xonadondan iborat 2 qavatli uyning harbiy xizmatchilar oilalariga topshirilishiga bag‘ishlangan marosimda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.
Yangi uy egalariga viloyat hokimligi hamda qurilish tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)