Eron harbiy-dengiz kuchlari qaroqchilar tomonidan neft tankeri qo‘lga olinishiga chek qo‘ydi

Eron harbiy-dengiz kuchlari eskadrasi Arab yarimoroli va Afrika o‘rtasidagi Bob al-Mandib bo‘g‘ozida qaroqchilar tomonidan neft tankeri qo‘lga olinishiga chek qo‘ydi. Bu haqda 2-iyul, shanba kuni Fars News Agency ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Agentlikka ko‘ra, taxminan 115 kishidan iborat qurollangan guruh 12 ta tezyurar katerda Eron tankerini qo‘lga kiritishga uringan. Biroq ularning harakatlari mazkur hududda bo‘lgan harbiy-dengiz kuchlarining 41-eskadrasi tufayli chippakka chiqqan. Oradan uch soat o‘tib qaroqchilar kemaga yaqinlashib, yana bir bor uni egallashga uringan, biroq bu ham eronlik harbiy dengizchilar aralashuvi sababli natijasiz yakunlangan. Tanker xavfsiz hududga yetkazildi.

41-eskadra tarkibiga “Shahid Nagdi” esminetsi va “Lavan” desant kemasi kiradi. Ushbu tezkor guruh iyun oyi boshidan beri qaroqchilar harakatlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda kemalar xavfsizligini ta’minlash uchun navbatchilik qilmoqda.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing