Braziliyaning Boytuva shahri osmonida Olimpiya emblemasi shaklini namoyish etishda qatnashgan ikki parashyutchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gustavo Garses va Gilyerme Padilya shakl yaratishga uringan 28 parashyutchi safida edi. Havodagi harakatlar bajarilgach, akrobatlarning parashyutlari ochilmay qoldi va ular yerga quladi. Garses voqea joyida olamdan o‘tdi, Padilya esa shifoxonaga yetkazilganidan bir necha daqiqa o‘tib vafot etdi.
Politsiya ularning halokati yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Ayni paytda sportchilar ishlatgan uskunalar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi Boytuvada uyushtirilgan aeroshou o‘yinlarga rasmiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi emasligini bildirdi.
Izoh (0)