Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida birinchi davra o‘yinlariga yakun yasaldi. Uning doirasida qoldirilgan faqatgina 1 ta uchrashuv bor: “Lokomotiv” — “Qizilqum”.
Oliy Liga. “Obod”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” birinchi davrani 4-o‘rindan pastda yakunlaydigan bo‘ldi
15 ta o‘yinda maydonga tushgan “Bunyodkor” 37 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. 36 ochkoga ega bo‘lib turgan “Lokomotiv” qoldirilgan o‘yindagi g‘alabasi evaziga peshqadamga aylanib olishi mumkin. To‘plar nisbatida “Bunyodkor”da yaxshiroq bo‘lgani uchun, bu borada “temiryo‘lchilar”ni durang qanoatlantirmaydi.
Ro‘ziqul Berdiyev murabbiyligidagi “Nasaf” birinchi davrani 3-o‘rinda yakunladi. Vaholanki Qarshi klubi 15-turda “Mash’al” mehmoni bo‘lib, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, qarshiliklar 10 ta bellashuvdan buyon Muborak shahridan 3 ochko bilan qayta olmaydi.
15-turni mag‘lubiyat bilan yakunlagan “Nasaf” va “Metallurg” klublari hisobida 28 tadan ochko bor. “Qizilqum” Jizzaxda ochko yo‘qotgani uchun, 27 ochkoga ega bo‘lib turgan “Paxtakor” 1-davrani 5-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
Mazkur turdagi g‘alaba Farg‘onaning “Neftchi” klubini 9-o‘ringa, “Navbahor”ni 13-o‘ringa olib chiqdi. Turnir jadvalining so‘nggi uch pog‘onasidan ikkitasini vodiyning boshqa klublari — “Andijon” va “Qo‘qon—1912” 9 ochko bilan band etgan.
Oliy Liga debyutanti “Obod” birinchi davraning 2 ta o‘yinida zafar quchdi va 2 marta durang o‘ynadi. 11 ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan toshkentliklar hisobida 8 ochko mavjud.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 15-tur bellashuvlari 1-iyul, juma
Izoh (0)