Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Guychjou provinsiyasidagi ko‘mir shaxtasida 29-iyun, yuz bergan toshqin oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, toshqin vaqtida shaxta ichida 15 nafar xavfsizlik bo‘yicha inspektordan iborat bir guruh bo‘lgan va ularning 8 nafari tashqariga chiqqan. Ular shaxtada tekrishuv ishlarini olib borayotgandi.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)