Braziliya Mudofaa vazirligi Rio-de-Janeyroda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari davomida terakt tahdidi ehtimoli haqida aholini xabardor etish maqsadi ko‘zlangan kampaniyani o‘tkazishga kirishdi. Bu haqda, mamlakat harbiy boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Mamlakatimiz avval tahdidning bu shakliga duch kelmaganligi uchun odamlar ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Bizning murojaatimiz shundan iborat: agar sizga nimadir shubhali tuyulgan bo‘lsa, demak vaziyat haqiqatan ham shubhali”, — deya ta’kidladi Braziliya Mudofaa vazirligi terrorizmga qarshi kurashish va oldini olish birlashgan qo‘mondonligi rahbari, general Mauru Sinott.
Braziliya Razvedka agentligi va Adliya vazirligi ishtirokida tashkil etilgan kampaniya doirasida jamoat transporti, mehmonxona, bar, restoran va musobaqalar paytida ko‘p odam to‘planishi kutilayotgan boshqa joylarda tegishli tushuntirishlar bo‘lgan plakat va varaqalar tarqatiladi.
Izoh (0)