IKEA javonlaridan halok bo‘lgan 6 nafar bola tufayli mebel ishlab chiqaruvchi Shvetsiya kompaniyasi 36 millionga yaqin javonni chaqirtirib oladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
2002–2016-yillarda ishlab chiqarilgan javonlarning 100 xil modeli, shu jumladan, Malm javonlari chaqirtirib olinadi.
Devorga qotirilmagan javonlar tufayli yosh bolalar halok bo‘lgan. 2014-yili AQShda ikkita, 2015-yili Kanadada bitta bola halok bo‘lishi holati yuz berdi.
AQShda Malm javonlarining 8 millioni, qolgan turdagi modellarning 21 millioni chaqirtirib olinadi. Kanadada esa chaqirtirib olinadigan javonlar soni taxminan 6,6 millionni tashkil etadi.
Izoh (0)