AQSh Shotlandiya xalqi istagini hurmat qiladi, biroq uning Birlashgan Qirollik tarkibida qolishini ma’qul ko‘radi. Bu haqda Oq uyning matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U Shotlandiya rahbarlarining Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi haqidagi qarori munosabati bilan mustaqillik to‘g‘risidagi referendumning qayta o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishiga izoh berdi. “Yaxlit Birlashgan Qirollik AQShning barcha talablariga javob beradi”, — dedi Amerika rahbarining rasmiy vakili.
Avvalroq Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen mamlakat parlamenti yig‘ilishida chiqish qila turib, 29-iyun kuni Bryusselga jo‘nashini ma’lum qilgan edi. Uning dasturida, jumladan, Yevropa parlamenti raisi Martin Shuls bilan Shotlandiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini saqlab qolishga qaratilgan muzokaralar asosiy o‘rinni egallaydi.
Izoh (0)