Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) reytingining eng quyi pog‘onalaridan joy olgan 8 mamlakat chempionlari bugun, 28-iyun kuni Yevropa Chempionlar Ligasining birinchi saralash bosqichini boshlaydi. Mazkur uchrashuvlar Yevropada 2016/17-yilgi futbol mavsumini ochib beradi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
Malta, Estoniya, Farer orollari, Uels, Armaniston, Andorra, San-Marino va Gibraltar chempionlari YeChL turnirini birinchi saralash bosqichidan boshlaydi.
20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, birinchi saralashda quyidagi jamoalar to‘qnash keladi.
“Flora” (Estoniya) – “Linkoln” (Gibraltar);“Valetta” (Malta) – “B-36” (Farer orollari);“Santa-Koloma” (Andorra) – “Alashkert” (Armaniston);“Nyu-Seynts” (Uels) – “Tre Penne” (San-Marino).
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 5–6-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftliklarda g‘olib bo‘lgan 4 jamoa ikkinchi saralash bosqichiga yo‘l oladi. Ikkinchi bosqichda ularga yana 30 ta klub qo‘shiladi.
Yevropa Ligasi musobaqasining birinchi saralash bahslari esa 30-iyun kuni start oladi.
Izoh (0)