Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runining 6 yashar o‘g‘li Kay mamlakat terma jamoasining boshqa bir forvardi, “Lester” klubi a’zosi Jeymi Vardining futbolkasini kiyib yurgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Mirror.
Britaniyalik jurnalistlar Runining turmush o‘rtog‘i Kolin va o‘g‘lini Nitssadagi plyajlardan birida dam olayotganini suratga oldi. Angliya termasi sardorining merosxo‘ri “uch sherlar”ning boshqa bir hujumchisi – Jeymi Vardining 9-raqam ostidagi futbolkasini kiyib yurgani qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kay Runi uning otasi va Vardi o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘q ekanini bildirish uchun “Lester” a’zosining futbolkasini kiyib yurgan.
Avvalroq Runi Vardiga uning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmasligini tavsiya qilgani uchun tushunmovchiliklar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)