Tonga orol davlati sohili yaqinida 11 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan qayiq g‘oyib bo‘lganligi uchun favqulodda xizmatlar qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazmoqda. Bu haqda, AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, 27-iyun, dushanba kuni kunduzi qayiq yana bir kema hamrohligida Nukualofa portidan chiqib, kechasi Fonoyfua oroliga yetib kelishi kerak edi. Biroq belgilangan vaqtda u orolga yetib kelmagan. Ikkinchi qayiq jadval bo‘yicha yetib kelgan. Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, qayiq bortida bolalar bo‘lgan.
Qayiqni qidirishga Yangi Zelandiya Harbiy-havo kuchlari samolyoti va qayiqlar yo‘naltirildi.
Izoh (0)