Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida oxirgi sutka davomida kamida 44 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Harbiylarning ma’lum qilishicha, yana 93 nafar jangari hibsga olingan, shuningdek, jangarilarga tegishli bir nechta avtomobil va mototsikl yo‘q qilingan.
Harbiy xizmatchilar safidagi yo‘qotishlar haqida ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)