Butunjahon boks kengashi (WBC) taqiqlangan preparatlar qabul qilganlikda gumonlanuvchi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning ishi bo‘yicha qarorni ikki hafta ichida ma’lum qiladi. Bu haqda bokschining vakili, “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy “TASS” agentligiga ma’lum qildi.
“Povetkin ishi bo‘yicha eshitish bo‘ladi. Qaror ikki hafta ichida ma’lum qilinadi. AQSh matbuotining bosimiga qaramay, WBC o‘zini mutlaqo yaxshi tutmoqda”, – dedi Ryabinskiy.
Eslatib o‘tamiz, Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi jang 21-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma’lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. Avvalroq rossiyalik bokschining “B” doping namunasida 72 nanogramm, “A” namunasida 70 nanogramm meldoniy borligi aniqlangan edi.
Uaylder tomoni jang bekor qilingani uchun Povetkin va “Mir boksa” promouterlik kompaniyasini sudga bergani va kamida 5 million dollar miqdorida tovon pulini qo‘lga kiritishni istayotgani haqida xabar berilgandi.
Keyinroq “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy amerikalik bokschining tomoni Povetkinni doping qabul qilganlikda ommaviy rashivda ayblagani uchun sudga murojaat qilib, Deontey Uaylderdan 34,5 million dollar talab qilgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)