Suriyada harbiy harakatlarni to‘xtatish kengaymoqda, yarashuv bo‘yicha yana bir bitim imzolandi, biroq terrorchilarning provokatsiyalari davom etmoqda. Bu haqda, Rossiya Mudofaa vazirligi saytida chop etilgan byulletenga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Sutka davomida Aleppo viloyatidagi aholi punktlaridan birining vakillari bilan yarashuv bo‘yicha bitim tuzildi. Yarashuv jarayoniga qo‘shilgan aholi punktlarining soni 163 taga yetdi”, — deb ta’kidlanadi hujjatda.
Damashq, Al-Kuneytra va Aleppo viloyatlarida qurollangan muxolifat otryadlarining dala komandirlari bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish rejimiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Sutka davomida respublikaning aksariyat viloyatlarida harbiy harakatlarni to‘xtatish rejimiga rioya etilganligi kuzatildi. Damashq viloyatida rejimni to‘rt marta buzish qayd etildi.
Izoh (0)