Xitoyning Xunan provinsiyasida turistik avtobusga o‘t ketishi oqibatida 30 kishi (“TASS” ma’lumotiga ko‘ra — 35 kishi) halok bo‘ldi. Yana 20 kishi jarohatlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 56 kishi bor edi. Avtobus trassadagi to‘siqqa urilib, o‘t olgani aytilmoqda.
“Gazeta.ru” voqea joyidan olingan kadrlarni taqdim etdi.