“Daryo” o‘quvchilari Yevro—2016 guruh bosqichi 3-turidagi eng chiroyli gol uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Krishtianu Ronalduning Vengriya terma jamoasi darvozasiga urgan goliga ko‘proq ovoz berdi.
Shu tariqa Yevropa Chempionati guruh bosqichining 3 ta tur natijalariga ko‘ra Madridning “Real” klubi vakillari eng chiroyli gollarni urgan bo‘lib chiqdi.
1-tur yakunlaridan keyin o‘tkazilgan so‘rovnomada Luka Modrichning Turkiya darvozasiga kiritgan to‘pi 36 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. 2-turning eng chiroyli goli muallifi deb topilishi uchun Garet Beylning Angliya darvozasini ishg‘ol qilishi ovozlarning 37 foizini o‘ziniki qilib oldi.
Dastlabki ikki turni golsiz tark etgan Krishtianu Ronaldu 3-turga kelib dublga erishdi. Uning Vengriya darvozasiga urgan birinchi goli 76 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi.
2 000 dan ziyod o‘quvchi ishirok etgan so‘rovnomada Ronalduga raqobatchilik qilgan Yakub Blashikovski, Nikola Kalinich, Zoltan Gera, Radja Nainggolan kabi futbolchilarning birortasi 10 foizdan ko‘proq ovoz jamg‘ara olmadi.
Izoh (0)