O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqovning hamkasbi Ruslan Sharipov haqida Instagram’da yozib qoldirgan fikrlari ancha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Rashid Xoliqov “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida mazkur fikrlariga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda “Darakchi.uz”.
“O‘tgan yili Ruslan bilan ko‘chada uchrashib qoldik. Ancha suhbatlashdik, telefon raqamini oldim. Oradan vaqt o‘tib, qo‘ng‘iroq qildim. ‘Rashidman’ desam, ‘Qaysi Rashid?’ deydi. ‘Rashid Xoliqov’ desam, ‘Kim u?’ deydi. Xullas, 15 daqiqa o‘zimni tanitolmadim. Balki, charchagandir, yo muolaja olayotgandir, bunisini bilmadim, lekin gaplasholmadik. Meni ko‘pchilik tushunsa kerak, deb o‘ylayman. 1999-yillar ayni ijodimiz izga tushib, qo‘shiqlarimiz ommalashayotgan paytda Ruslan meni yoniga chaqirib, ‘Senga boshqa ashula yozmayman’, dedi. Sababini so‘rasam, aytmadi. Faqat ‘Izzatga, o‘zimga, boshqalarga ham yozaman, lekin senga yo‘q’, dedi”, — uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Ruslan Sharipovning suratlari internetda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab san’atkorlar mazkur fotosuratlarga izoh berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)