Turk artilleriyasi va xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Suriya shimolida IShID terrorchilik guruhining pozitsiyalari bo‘yicha zarbalar berdi va sakkiz nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiyadagi harbiy manbalariga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Turkiya hududiga hujum qilish uchun tayyorgarlik ko‘rgan ekstremistlarga 22-iyun kuni zarba berilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)