“Tolibon” harakatining 50 nafar jangarisi Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Faryob viloyati rasmiylariga taslim bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Chorshanba kuni kechqurun ‘Tolibon’ harakatining 50 nafar jangarisi Davlatobod tumani xavfsizlik kuchlariga o‘z qurollarini topshirdi”, – dedi Afg‘oniston armiyasi vakillaridan biri.
Bundan avval tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon”ning 115 nafar jangarisi Jo‘zjon viloyatida taslim bo‘lgandi.
“Tolibon” harakati vakillari bo‘lib o‘tgan hodisa bo‘yicha hech qanday izoh bermagan.
Izoh (0)