Xalqaro olimpiya qo‘mitasi hamda yetakchi xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari Lozannadagi olimpiya sammitida Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF)ning Rossiya yengil atletika jamoasini Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Endilikda ularning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini Lozannadagi Sport arbitaj sudi hal qiladi.
Rossiya uchun Lozannadan kelgan yagona ijobiy xabar shundan iboratki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax mamlakat sportchilarining Rossiya bayrog‘i ostida qatnashishini xohlaydi.
Olimpiya sammiti rossiyalik yengil atletikachilar IAAF’ga antidoping qoidalarini buzmaganini Olimpiada o‘yinlari boshlanguniga qadar isbotlasa, sportchilarning alohida ishtirok etishi taklifiga rozi bo‘ldi.