Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida stomatologiya markazining jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Oleg Simbalov “Yil shifokori” tanlovi mukofotini qo‘lga kiritdi va mazkur pullarni olti yoshli qizchaning davolanishi uchun berishga qaror qildi. Bu haqda “Takiye dela” nashri xabar bermoqda.
Simbalov tomonidan leykoz xastaligiga chalingan Margarita Litovka uchun berilgan yarim million rublga davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari xarid qilinadi.
Olti yoshli Margaritani davolash uchun oilaning yetarli mablag‘i bo‘lmagan.
Oleg Simbalovning so‘zlariga qaraganda, pullarni kasal bolani qutqarish uchun berish bu eng to‘g‘ri qarordir. U butun Rossiya darajasida tan olinishi unga shifokor sifatida eng yaxshi mukofot ekanligi, pul mukofotini esa ezgu ishga yo‘naltirish kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)