AQShning Mercer tahliliy kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni Gonkong (Xitoy) egalladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Undan keyingi pog‘onalarni Luanda (Angola) va Syurix (Shveysariya) egalladi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Singapur, Tokio (Yaponiya), Kinshasa (Kongo Demokratik Respublikasi), Shanxay (Xitoy), Jeneva (Shveysariya), Njamena (Chad) va Pekin (Xitoy) kirdi.
Ushbu reyting G‘arb yashash narxi bo‘yicha Osiyo va Afrikaga o‘rin bo‘shatib berayotganini yaqqol ko‘rsatadi, deb qayd qilib o‘tdi The Business Insider nashri.
Mercer’ning reytingi yirik kompaniyalar rahbarlariga chet elga yuborilayotgan xodimlarning xarajatlarini hisoblashga yordam beradi.
Izoh (0)