Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi 1-raqamli shahar klinik shifoxonasi hududida tibbiy vertolyot quladi. Voqea joyida hech kim zarar ko‘rmadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Vertolyot Sverdlovsk viloyati fojialar tibbiyoti markaziga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Mi-2 vertolyoti havoga ko‘tarilish paytida yonlama qulagan, buning oqibatida uning parraklari va dumi sinib ketgan. Vertolyot ichida bo‘lgan uchuvchiga zarar yetmagan.
Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)