Sovutkichning muzxonasi eng foydali jihozlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ba’zi mahsulotlarni bir necha oylab saqlash mumkin. Biroq ba’zilar muzxonaga zinhor solish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni u yerga joylab xatoga yo‘l qo‘yadi. Sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi bunday xatolarning oldini olish uchun “101 sovet” sayti ana shunday mahsulotlarning ro‘yxatini taqdim etdi.
1. Tarkibida suv ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlar
Tarvuz, olma, kartoshka, bodring va boshqa shu kabi meva-sabzavotlar erigandan so‘ng o‘z shaklini yo‘qotadi. Shuning uchun ularni muzlatmasdan iste’mol qilish yoki saqlashning boshqa usulini topish tavsiya etiladi.
2. Muzdan eritilgan go‘sht
Muzlatilgan go‘shtda bakteriyalar ko‘paya boshlaydi. Ularni issiqlik bilan ishlov berish orqali yo‘q qilish zarur. Agar bunday go‘sht yana muzxonaga joylashtirilsa, unda mikroorganizmlar ko‘payishda davom etishi mumkin.
3. Qaynatilgan makaron
Agar siz makaronlarni muzxonaga joylasangiz, bu mahsulot eriganidan so‘ng nam tortib qoladi. Agar makaronni muzxonaga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, oxirigacha qaynatilmagan mahsulot bo‘lishi lozim.
4. Qahva donalari
Sovuq harorat ularni quritib yuborishi mumkin, oqibatda ular o‘z xususiyatini yo‘qotadi. Qahva donalarini germetik konteynerda qorong‘u joyda saqlash mumkin.
5. Konservalar
Konservalar muzxonada saqlashga mo‘ljallanmagan. Ularni kichik omborxonada saqlash lozim. Agar konserva bankasidagi mahsulotni muzlatishingiz kerak bo‘lsa, avval uni germetik konteynerga bo‘shating.
6. Tuxum
Muzxonada tuxumning po‘chog‘i darz ketib, uning ichiga bakteriyalar tushishi mumkin.
7. Kremsifat mahsulotlar
Smetana, yogurt, qaynatilgan krem kabi mahsulotlarni muzxonada emas, sovutkichning o‘zida saqlash kerak.
8. Yumshoq pishloq
Qattiq pishloqni muzlatish mumkin, yumshog‘ini esa sovutkichda saqlagan ma’qul.
9. Un yoki kraxmal bilan quyultirilgan souslar
Ular muzxonaga qo‘yilsa, tarkibi o‘zgarib, iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
10. Eritilgan muzqaymoq
Eritilgan muzqaymoq muzlatilsa, yopishqoq bo‘lib qoladi.
11. Isitilgan taom
Tayyor tushliklarni birinchi marta isitgandan keyin yana muzxonaga qo‘yish tavsiya etilmaydi, bu ularda bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi.
Izoh (0)