Fransiya elchixonasi tomonidan Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda 14—17-iyun kunlari ilk bor tashkil etilgan yozgi maktab malaka oshirish seminarida 110 nafar fransuz tili o‘qituvchisi va metodisti ishtirok etdi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
Parijdagi Fransiya instituti ko‘magi bilan amalga oshirilgan mazkur loyihada mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan fransuz tili o‘qituvchilari va metodistlari 20 soatlik malaka oshirish seminarlarida o‘z bilimlarini oshirdi. Darslarni Bezansondagi Amaliy tilshunoslik markazi (CLA), Pedagogik tadqiqotlar xalqaro markazi (CIEP), FormationsFle agentligi va Les passeurs de mots nodavlat ta’lim tashkilotidan tashrif buyurgan olti nafar fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis olib bordi.
Darslarning aksariyat qismi Bo‘ston sanatoriyasi bog‘ida, ochiq havoda o‘tkazildi. 16-iyun kuni kechqurun seminar ishtirokchlari o‘z trenerlari bilan birgalikda yozgi maktabning yopilish marosimiga ajoyib chiqishlar tayyorladi. Marosimda Fransiya elchisi Jak-Anri Els, sanatoriy direktori Farida Akbarova, XTV Umumtа’lim mаktаblаri vа ixtisоslаshtirilgаn mаktаblаr bоshqаrmаsi boshlig‘i Abdurahim Nosirov hamda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori Shuhrat Qayumovlar ishtirok etdi. O‘qituvchilar darslar davomida o‘zlari tayyorlagan kichik sahna asarlari, fransuzcha ashulalar, she’rlar va multimedia klipni taqdim etdi.
Izoh (0)