Indoneziyada suv toshqinlari va yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi. Yana 19 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ilgariroq halok bo‘lgan soni 24 kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.
18-iyun, shanbadan buyon to‘xtamayotgan yog‘ingarchilik Markaziy Yava viloyatida jiddiy toshqinlarni keltirib chiqardi. Minglab uylar suv ostida qoldi. Hukumat ko‘chada qolganlar uchun vaqtinchalik boshpanalar barpo etdi.
Izoh (0)