Yevro–2016 turniri “С” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Ukraina va Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida stadiondagi muxlislardan biri yurak xurujidan vafot etdi, deb xabar bermoqda “Sportbox.ru”. Shifokorlar brigadasi ishqibozning jonini saqlab qola olmadi.
Vafot etgan muxlis Shimoliy irlandiyalik bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Biroq uning millati hozircha aniqlanmagan.Ma’lumot uchun, mazkur o‘yinda Shimoliy Irlandiya terma jamoasi Ukrainani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)