16-iyun, payshanba kuni Dog‘istonning Suleyman-Stalskiy tumanida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, maxsus topshiriqli xizmatning bir nafar jangchisi halok bo‘ldi, uch nafari yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bundan tashqari, kuch tuzilmalari xodimlari maxsus operatsiya hududida “janubiy” guruhining taxminan besh nafar jangarisini yo‘q qildi.
“Dastlabki taxminlarga ko‘ra, besh nafar jangari o‘ldirilgan. Ularning aniq soni tongda maxsus topshiriqli xizmat xodimlari jangarilar yashiringan joylarni ko‘zdan kechirgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi”, — deb ta’kidlanadi Dog‘iston kuch tuzilmalari xabarida.
Avvalroq Dog‘iston kuch tuzilmalari xodimlari respublika janubidagi jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani 17-iyun tongigacha to‘xtatib turganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)