AdMe qadog‘ini tezkorlik va qulaylik bilan ochish mumkin bo‘lgan o‘nta mahsulot ro‘yxatini keltirib o‘tdi. Tan oling, bularning ko‘pchiligini biz shu paytgacha bilmaganmiz.
Shakar paketchasi
Bunday shakar o‘ramini Benjamin Eyzenshtadt ixtiro qilgan. Buning mohiyati oddiy: paketchani o‘rtasidan sindirish kerak, shunda shakarning hammasi chashkaga tushadi. Ko‘pchiligimiz esa paketchaning bir uchini yirtib olish bilan kifoyalanamiz.Pringles chipslari
Banka ichiga taxlangan qog‘oz bo‘lagini qo‘ysangiz, uni yeyish ancha qulay bo‘ladi.Oddiy chipslar
O‘ramni qaychi yoki boshqa uchli buyum bilan teshish kerak bo‘ladi.Qaynatilgan kartoshka
Kartoshka atrofiga kesim tushiring. Uni qaynating, so‘ng sovuq suvda yuvib oling. Endi po‘stini qo‘lda “shilish” juda oson.Tic-tac
Tic-tac qutisini ag‘daring, shunda donachaning o‘zi qopqoq ichidagi maxsus teshikchaga tushadi.Porsiyali qaymoq
Konteyner og‘zining chetida osilib turgan “tilcha”ni ko‘tarib, idish yuzasidan ko‘ndalangiga olib o‘tish kerak. Shunda qaymoq hech qanday muammosiz chashkaga quyiladi.McDonald’s qahvasi
Qahva idishining qopqog‘ini butunlay olib tashlash kerak emas. Uning ustida maxsus tiqin bor. Uni tiralib qolgunicha qayirish kerak, shunda u teshikchani yopib qoladi.Qutidan sharbat quyamiz
Qutining og‘zi odatda bir tomonga yaqinroq qilib joylangan. Uni xuddi kanistrdan benzin quygandek, og‘zini yuqorida qoldirib quyish kerak. Shunda sharbat sachramasdan tushadi.Konserva qutisi
Ochqichni o‘zimiz tomonga qaratib ushlaymiz va yurgizamiz, bir vaqtning o‘zida bankani aylantiramiz.Kokos
Kokosning bir uchidan bir-biriga yaqin joylashgan uchta nuqtani toping. Ulardan birini uchli narsa bilan teshing va somoncha qo‘yib, iching. Kokosni yorish uchun shu uchta nuqtadan sal pastroqda xayolan aylana chiziq o‘tkazing va uni urib chiqing, shunda u yoriladi.
Izoh (0)