Kecha, 14-iyun kuni UEFA tashkiloti rossiyalik muxlislarning Marsel shahrida keltirib chiqargan tartibsizliklari uchun mamlakat terma jamoasini Yevro–2016 turniridan shartli ravishda diskvalifikatsiya qildi. Rossiya terma jamoasi Yevro–2016 turniridan butunlay diskvalifikatsiya qilinsa, musobaqa formatiga o‘zgarish kiritiladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Amaldagi reglamentga ko‘ra, 1 va 2-o‘rinlarni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan 4 ta eng yaxshi terma jamoa keyingi bosqichga chiqishi kerak. Agar Rossiya termasi diskvalifikatsiya qilinsa, uning barcha natijalari bekor qilinadi va “B” guruhidagi natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, guruhdan faqatgina ikkita terma jamoa keyingi bosqichga chiqadi.
Qayd etish joiz, rossiyalik futbol ishqibozlari ishtirokidagi tartibsizliklar yana takrorlansa, ushbu davlat terma jamoasi Yevropa chempionatidan butunlay chetlashtiriladi.Ma’lumot uchun, Yevro—2016 turniri “B” guruhi 1-turidan so‘ng Uels terma jamoasi 3 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Rossiya va Angliya 1 ochkodan to‘plagan holda 2—3-o‘rinlarni band qilib turibdi. Hisobida ochko mavjud bo‘lmagan Slovakiya 4-pog‘onada bormoqda.
Izoh (0)