Moskva Anqara bilan munosabatlar yaxshilanishini istaydi, ammo buning uchun Turkiya bir qator talablarni bajarishi lozim bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Peskov, shuningdek, Kreml Turkiya bilan sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan davrlarni nihoyatda qadrlashini ta’kidlab o‘tdi.
“Ilgari ham aytgandik, mana shunday boy tajriba, mana shunday munosabatlar ko‘lami bir lahzada Turkiya tomonining tajovuzkor xatti-harakatlari tufayli yo‘qqa chiqarilganidan qattiq afsusdamiz”, — xulosa qildi u.
Kecha, 14-iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Su-24 voqeasidan buyon birinchi marta rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga rasmiy maktub yo‘llagani xabar qilingan edi. Maktubda Erdo‘g‘on Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi hamda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishini tilab qoldi.
Izoh (0)