Facebook kompaniyasi Parij yaqinida politsiyachilarning o‘ldirilishini tergov qilishda Fransiya rasmiylariga yordam bermoqda. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qotil Facebook ijtimoiy tarmog‘i yordamida voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib borgani ma’lum bo‘lgan edi.
Kompaniya terrorchilik va uning targ‘iboti bilan bog‘liq yozuvlarni o‘chirib tashlashini alohida qayd qilib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya hukumatining rasmiy vakili Stefan Le Fol Parijning Manyanvil shahrida 13-iyun, dushanba kuni kechqurun politsiyachi va uning rafiqasi o‘ldirilishini terakt deb atagan edi.
Izoh (0)