AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 turnirining so‘nggi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. “D” guruhi 3-turida Chili terma jamoasi Panama futbolchilarini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, so‘nggi pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Chili termasi safida Eduardo Vargas hamda Aleksis Sanchesning dubllariga panamaliklardan Migel Kamargo va Abdiel Arroyo bittadan gol bilan javob qaytardi.
Shunday qilib, Chili termasi guruh bosqichida 6 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rin bilan 1/4 finalga chiqdi va u yerda Meksika futbolchilariga qarshi bahs yuritadi.Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida chorak final yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan Argentina termasi Boliviya futbolchilari bilan kuch sinashdi. Xerardo Martino jamoasi qiyinchiliksiz 3:0 hisobida zafar quchib, 100 foizlik natija bilan chorak finalga chiqdi. Pley-off bosqichida argentinalik futbolchilar Venesuela termasiga qarshi kurash olib boradi.
Amerika Kubogi–201615-iyun, chorshanba“D” guruhi, 3-tur
Izoh (0)