Turkiya politsiyasi Liviyaning marhum rahbari Muammar Kaddafiga tegishli bo‘lgan noyob xanjarning noqonuniy yo‘l bilan sotib yuborilishining oldini oldi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fil suyagidan ishlangan noyob san’at asarini antikvar buyumlar bozorida noqonuniy pullashga uringan shaxs haqida ma’lumot keltirilmayapti. U bilan birga yana ikki sherigi hibsga olingani aytilmoqda.
Kaddafi xanjari fil suyagidan yo‘nilgan, qiniga esa qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan. U mutaxassislar tomonidan 10 million dollarga baholanadi.
Izoh (0)