Ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha Fransiyada o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumidagi “Rolan Garros” tennis turnirining g‘olibasi, ispaniyalik Garbinye Mugurusa futbolga bo‘lgan mehri va Krishtianu Ronalduga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Men futbol muxlisiman, lekin bir jamoani tanlash men uchun qiyin. Messi, Neymarni yoqtiraman. Krishtianuni yaxshi ko‘raman! U juda kuchli futbolchi!”, — deya ma’lum qildi Mugurusa.
Ma’lumot uchun, bu yilgi “Rolan Garros” tennis turniri 16-may – 5-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Garbinye Mugurusa yakkalik bahslari finalida amerikalik Serena Uilyams bilan bahs yuritib, uni 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)