Fransiya hukumatining rasmiy vakili Stefan Le Fol Parijning Manyanvil shahrida 13-iyun, dushanba kuni kechqurun politsiyachi va uning rafiqasi o‘ldirilishini terakt deb atadi. Bu haqda, uning RTL radiostansiyasidagi chiqishiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
O‘z navbatida, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev jinoyatchi politsiya ofitseri va uning Ivlin departamenti komissariati xodimi bo‘lgan rafiqasini o‘ldirganligini ma’lum qildi.
“Bu terakt edi, dahshatli fojia. Men mazkur ikki politsiyachini taniganlarga va politsiya maxsus topshiriqli bo‘linmasining hujumi davomida qutqarib qolingan kichkina bolaga hamdardligimni ma’lum qilmoqchiman”, — dedi Le Fol.
“Bu, shubhasiz, terrorchilik harakatidir”, — dedi Fransiya prezidenti Fransua Olland vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishida.
Izoh (0)