“Barselona” klubi 2013-yilda Braziliyaning “Santos” jamoasidan Neymarni transfer qilishda amalga oshirgan qoidabuzarlik tufayli 5,5 million yevro miqdorida jarima to‘laydi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Dastlab, kataloniyaliklar sobiq prezidenti Sandro Rosel Neymar uchun 57,1 million yevro to‘langanini, keyinroq esa klub va futbolchi o‘rtasida qo‘shimcha shartnomalar bor ekanini aytgandi. Neymarning otasi esa o‘g‘lining transferi 100 million yevro atrofida bo‘lganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi Neymarga nisbatan uning “Barselona” klubiga o‘tishida firibgarlik bo‘yicha sud ishi ochilishini talab qilgandi. Prokuror braziliyalik futbolchining jismoniy shaxslar o‘rtasida korrupsiyaga aloqasi borligi uchun sud qilishni so‘ragan.
Izoh (0)