Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida, Xabarovsk yaqinidagi Lesnoy orolida yengil motorli samolyot majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea joyiga darhol qutqaruvchilar yuborildi. Guruh tarkibida jami to‘qqiz xizmatchi va ikki texnika birligi bor edi. Qutqaruvchilar uchuvchi samolyot ichidaligini, lekin jarohat olmaganini va yordamga muhtoj emasligini ko‘rdi.
Samolyotda faqat uchuvchining o‘zi bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)