NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Boltiqbo‘yi davlatlarida va Polshada to‘rtta batalyon joylashtirishini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Harbiy strateglarimiz maslahatlariga tayangan holda rotatsion asosda Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada ko‘p millatli batalyonlar joylashtirish bo‘yicha kelishib olamiz”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbat davomida.
Uning so‘zlariga qaraganda, batalyonlar ustidan qo‘mondonlikni alyans amalga oshiradi.
“Biz rotatsion asosda joylashtiradigan ko‘p millatli batalyonlar NATO qo‘mondonligi ostida bo‘ladi. Ular milliy qo‘mondonlikka bo‘ysunmaydi. Shuningdek, bu kuchlar bilan bog‘liq jamoaviy strukturani kuchaytirmoqdamiz”, — qo‘shimcha qildi Stoltenberg.