Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon prezident Barak Obama, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, shuningdek, Kaliforniyadagi texnologik kompaniyalar vakillari bilan uchrashish maqsadida AQShga yo‘l oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Reuters agentligining bildirishicha, shahzodaning safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad Barak Obama davrida biroz sovugan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashdir. Shuningdek, Suriyadagi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda. Ar-Riyod vakili AQShdan Bashar Asadning dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashni, shuningdek, Eronga nisbatan qat’iyroq pozitsiyada turishni talab qilmoqchi.