Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Leonid Andreyev – otasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Vladimir Andreyev xotirasiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan mamlakat Ochiq Kubogi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘nkurash bahslarida kurash olib borgan Leonid Andreyev yakunda 8250 ochko jamg‘ardi. Olimpiada yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yor 8100 ochkoni tashkil etadi.
Ta’kidlash joiz, XVII Osiyo o‘yinlarining kumush medal sovrindori Leonid Andreyev bugungi kunda akasi Pavel Andreyev qo‘li ostida shug‘ullanib keladi.
Izoh (0)