AQSh “struktur irqiy kamsitish”ga qarshi kurash yo‘lida qo‘shimcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi lozim. 13-iyun, dushanba kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashning 32-sessiyasida tashkilotning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn bu haqda bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
AQShning fuqarolik huquqlari bo‘yicha federal qonunchiligi vaziyatga shaksiz ijobiy ta’sir o‘tkazgan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina afroamerikaliklar tenglik yo‘lida kurashishga majbur bo‘lmoqda, deb ta’kidladi komissar.
“Ayniqsa afroamerikaliklar kambag‘al bo‘lsa, ular ko‘proq jinoyatchilik va zo‘ravonlikka moyil bo‘ladi, munosib ta’lim olish ehtimoli kam, ularda ish topish va tibbiy yordam olish imkoniyatlari kamroq, lekin politsiya bilan to‘qnashuvlarda ular ko‘proq ishtirok etadi”, — ta’kidladi inson huquqlari bo‘yicha oliy vakil.
Shuningdek, Zayd Ra’d al-Husayn afroamerikaliklar bilan muomalada xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilayotgan huquq-tartibot xodimlarini javobgarlikka tortish zarurligini aytib o‘tdi.
“Mamlakatdagi struktur irqiy kamsitishga javob berish uchun ko‘proq ish qilish lozim”, — xulosa qildi u.
Izoh (0)