Aqto‘bedagi teraktni sodir etgan jinoyatchilar harbiy qism va qurol-yarog‘ do‘konlaridan keyin qamoqxonalar va davlat organlariga hujum qilishni rejalashtirgan edi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurg‘ali Bilisbekov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, o‘qotar qurolga ega bo‘lib olgach, terrorchilar axloq tuzatish muassasalari va davlat organlari ma’muriy binolariga hujum uyushtirishni rejalashtirgan edi”, — dedi u Aqto‘beda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Ilgariroq mamlakat xavfsizlik kuchlari terakt ishtirokchilari bo‘lgan barcha jangarilarni yo‘q qilgani va qo‘lga olgani ma’lum bo‘lgan edi.