Oxirgi sutkalarda Parij chiqindi yig‘ishtiruvchilari 2 ming tonnaga yaqin chiqindini olib chiqdi, biroq 2,8 ming tonna chiqindi hamon shahar ko‘chalarida qolmoqda. Bu haqda 11-iyun, shanba kuni Fransiya poytaxti meri Ann Idalgo Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Uning so‘zlariga qaraganda, chiqindilarni tashishga 74 ta chiqindi tashuvchi mashina yo‘naltirilgan hamda jamoat va xususiy tashkilotlarning chiqindi tozalash bo‘yicha barcha imkoniyatlari safarbar etilgan.
Parij ko‘chalarini tozalash bo‘yicha faol ishlar futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining boshlanganligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)