Rossiya futbol ittifoqi rahbari, sport vaziri Vitaliy Mutko rossiyalik to‘rt futbolchi Yevropa chempionati doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida kutilmaganda qo‘shimcha doping sinovidan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Hozir Rossiya sportiga va futboliga, ayniqsa har xil filmlardan so‘ng, e’tibor katta, bosim ham katta. Bugun va kecha ketma-ket ikkita doping-nazorat o‘tkazildi. Terma jamoa bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘ldi”, — dedi u “R-Sport”ga bergan intervyusida.
“Biror narsani yashirish mumkin emas, jamoa bu yerda nazorat ostida. Birinchi kun kelganimizda o‘n kishi tekshirildi, keyin yana, kecha, bugun. Bu to‘rtinchi marta doping-nazorat o‘tkazilishi, hech qanday muammo bo‘lmadi. Bugun to‘rt kishini tekshirishdi. Rossiyalik sportchilarning yashiradigan narsasi yo‘q... Mana hozir Yevropa chempionatida har kuni yo har ikki kunda jamoamiz tekshirilyapti. Boshqa jamoalarga ham munosabat shunaqa deb umid qilaman”, — qo‘shimcha qildi Mutko.
Rossiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuv musobaqaning ikkinchi kuni doirasida o‘tkaziladi.
Izoh (0)