Kuba Zika virusining boshqa mamlakatlardan kirib kelishi bilan bog‘liq 15-holat aniqlanganligi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, virus bilan kasallangan 67 yoshli fuqaro 31-may kuni Karakasdan (Venesuela) Gavanaga qaytgan.
Qaytganidan bir necha kun o‘tib, Guanabakoada istiqomat qiluvchi ayolda kasallikning birinchi alomatlari — yuqori harorat, terida toshmalar, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lgan. Bemorning tahlillari yuborilgan Pyer Kyuri nomidagi Tropik tibbiyot instituti unda Zika bezgagini tasdiqladi. Hozirgi paytda bemor kasallikning yengil alomatlari va isitmasiz shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq Kubada Zika bezgagi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etilgan edi. Bitta tashxis chetga chiqmagan yosh qizda aniqlangan, qolgan 15 ta holatda virus boshqa davlatlardan keltirilgan. Infeksiya bilan bog‘liq birinchi holat mart oyida qayd etilgan edi.
Izoh (0)