Peru sobiq bosh vaziri va iqtisodchi Pedro Pablo Kuchinski prezidentlik saylovlarida ovozlarning ko‘p qismini to‘pladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Saylov komissiyasining ma’lumotiga qaraganda, u 50,12 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi Keyko Fuximori esa 49,88 foiz ovoz oldi.
“Mamlakatimiz kelajagi uchun birga ishlash vaqti keldi”, — deya ma’lum qildi g‘olib Twitter’dagi sahifasida.
Saylovlar oldidan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari Fuximori g‘alabasini bashorat qilgan edi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Fuximori siyosiy partiyasidagi korrupsiyaviy mojarolar uning g‘alabasiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Aprel oyida o‘tkazilgan saylovlarning birinchi turida Fuximori osonlik bilan g‘olib bo‘lgan edi.
Izoh (0)