Noma’lum xaker Grinvich universiteti saytini buzib kirib, unda e’lon joylashtirdi, e’londa, o‘z navbatida, muassasa ma’muriyatiga murojaat va, professionalligini ko‘rsatish maqsadida, universitet ma’lumotlar bazasiga havolalar joylashtirdi. Bu haqda TJournal hikoya qiladi.
Ma’lumotlar bazasi arxivida 21 ming talaba va universitet xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari bor edi.
Murojaatda xaker universitetdan haydalganini bildirib, uni qayta qabul qilishlarini so‘radi:
“Maxsus ko‘nikmalarim va internetdagi shuhratim bois sizlar meni universitetdan haydab yuborishga qaror qildingiz, negaki hayvonga bas kela olmadingiz. Bunga javoban men o‘z ko‘nikmalarimdan foydalanib, qanchalik zo‘rligimni ko‘rsatdim. Meni qaytarib olasizmi? Iltimos”.
The Daily Dot nashrining bildirishicha, darkvebda universitet talabalari va xodimlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlar jamlangan 2,47 Gb hajmli axborot bazasi sotuvga qo‘yilgan. Bu ma’lumotlar internetga chiqib ketgani 2016-yilning fevralida ma’lum bo‘lgan edi.
Bunday hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilishi uchun Grinvich universiteti 500 ming funt sterling jarima to‘lashi mumkin edi. Ammo mart oyidan Yevropa Ittifoqida bunday xatti-harakatlar uchun 10 million yevro jarima belgilandi. 8-iyun kuni Kanadaning Kalgari universiteti mana shunday muammoga duch kelib, huquqiy jazodan ko‘ra xakerlarga 20 ming dollar miqdorida tovon to‘lashni ma’qul ko‘rdi.
Izoh (0)